O'ZBEKISTONDA ISLOMIY QIMMATLI QOG'OZLARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida islomiy qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishistiqbollari, mavjud imkoniyatlar hamda ularni samarali ro‘yobga chiqarish mexanizmlari tahlil qilingan.Xususan, sukuk qimmatli qog‘ozlarining iqtisodiy mohiyati, xalqaro amaliyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.Shuningdek, O‘zbekistonda islomiy kapital bozorini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchiomillar, jumladan, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, malakali mutaxassislar va islom moliyasiekspertlari salohiyatini rivojlantirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotnatijasida Malayziya, Indoneziya va Birlashgan Arab Amirliklari tajribalaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda islomiyqimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.