Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TEKSTIL SANOATIDA SUV ISTE'MOLI VA QAYTA ISHLASH ULUSHI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK: 20 DAVLAT MISOLIDA KORRELYATSIYA VA K-MEANS KLASTER TAHLILI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda 20 ta davlat misolida tekstil sanoatidagi suv iste’moli (WC) va qayta ishlashulushi (RR) o‘rtasidagi statistik bog‘liqlik Pearson va Spearman korrelyatsiya usullari hamda K-means klastertahlili yordamida o‘rganilgan. Natijalar suv iste’moli va qayta ishlash ulushi o‘rtasida kuchli teskari korrelyatsiyamavjudligini tasdiqladi (r = –0,9479; rs = –0,9733; p < 0,001). EPR (Kengaytirilgan ishlab chiqaruvchi javobgarligi)siyosati eng kuchli ijobiy prediktor ekanligi aniqlandi (r = 0,9732; p < 0,001). Klaster tahlili natijasida uchta guruhajratildi: yetakchi davlatlar (1-klaster: Germaniya va Shvetsiya), o‘tish bosqichidagi davlatlar (2-klaster) hamdaboshlang‘ich bosqichdagi davlatlar (3-klaster). O‘zbekiston 3-klaster tarkibida joylashgani aniqlandi. Olingannatijalar rivojlanayotgan iqtisodiyotlar, xususan, O‘zbekiston uchun EPR siyosatini joriy etish va qayta ishlashinfratuzilmasini rivojlantirish zaruratini empirik jihatdan asoslab beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba