RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUG'URTA SEKTORIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta sektorida investitsiya faoliyatinirivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli texnologiyalarta’sirida sug‘urta kompaniyalarining investitsiya strategiyalari qanday o‘zgarayotganini aniqlash hamda investitsiyafaoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat.Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik umumlashtirish va raqamli transformatsiyakonsepsiyalariga asoslangan analitik usullardan foydalanildi. Olingan natijalar raqamlashtirish jarayoni sug‘urtakompaniyalarida investitsiya qarorlarini qabul qilish tezligi va aniqligini oshirishi, risklarni baholashda avtomatlashtirilganmodellarning qo‘llanilishi esa portfel samaradorligini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Shuningdek, BigData, sun’iy intellekt, blokcheyn va prognozlash texnologiyalarining investitsiya jarayonlariga integratsiyasi kapitalnijoylashtirishning optimallashuviga hamda moliyaviy barqarorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilishi asoslabberildi. Tadqiqot yakunida raqamli ekotizim sharoitida sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini rivojlantirishningstrategik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.