Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BOLALARDA O‘TKIR BUYRAK ZARARLANISHI BO‘LGAN BEMORLARNI YO‘NALTIRISHDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAMNI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY MUAMMOLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Bolalarda o‘tkir buyrak shikastlanishi zamonaviy pediatriya, bolalar nefrologiyasi va intensiv terapiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Mazkur patologiyada buyrak funksiyasining qisqa muddatli buzilishi ham og‘ir asoratlar, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va o‘lim xavfining ortishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, o‘tkir buyrak shikastlanishi bilan og‘rigan bolalarda bemorni o‘z vaqtida ixtisoslashgan markazga yetkazish, transport vaqtida tibbiy kuzatuvni ta’minlash va zarur davolash choralarini erta boshlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tajribasi asosida o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan bolalarning markazga kelish yo‘llari, marshrutizatsiya tizimidagi tashkiliy kamchiliklar hamda shoshilinch tibbiy yordamni optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotga o‘tkir buyrak shikastlanishining turli etiologiyalari bilan davolangan 80 nafar bola kiritildi. Natijalar bemorlarning katta qismi ixtisoslashgan markazga tibbiy kuzatuvsiz yoki rasmiy yo‘naltirish tizimidan tashqari holda yetib kelayotganini ko‘rsatdi. Bu holat og‘ir asoratlar rivojlanish xavfini oshiradi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga ortiqcha yuklama tushishiga sabab bo‘ladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba