Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Oʻzbekistonda intellektual migratsiya fenomeni namoyon boʻlishining ijtimoiy-axloqiy xususiyatlari

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida O‘zbekistonda intellektual migratsiya va inson kapitali mobilligining o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etilgan. Maqolada an’anaviy “intellektual kapitalning oqishi” tushunchasidan zamonaviy “intellektual kapitalning qaytishi” va “intellektual kapitalning aylanishi” paradigmalariga o‘tish jarayonining jamiyatdagi axloqiy muhitga, oila institutiga hamda qadriyatlar transformatsiyasiga ta’siri komparativ yondashuv asosida o‘rganilgan. Shuningdek, xorijdagi diaspora bilan hamkorlikni kengaytirish, retsipiyent va donor jamiyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yengillashtirish hamda institutsional islohotlar doirasida inson kapitalini milliy taraqqiyotga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba