PAST HARORATLI GIDRONIK ISSIQ POL TIZIMLARINING RIVOJLANISHI VA ZAMONAVIY ENERGIYA SAMARADOR KONSTRUKTIV YECHIMLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Uy-joy va jamoat binolarida energiya iste’molining asosiy qismi isitish tizimlariga to‘g‘ri keladi. An’anaviy radiatorli isitish tizimlarida yuqori haroratli issiqlik tashuvchilardan foydalanish issiqlik yo‘qotishlarini oshiradi va energiya samaradorligini pasaytiradi. Shu sababli past haroratli suvli issiq pol tizimlarini qo‘llash energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda issiqlik qulayligini oshirish nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi. Mazkur tadqiqot suvli issiq pol tizimlarining isitish samaradorligini hisobiy baholashga bag‘ishlangan. Materiallar va usullar Tadqiqotda suvli issiq pol tizimining energiya samaradorligini baholash uchun energiya balansi tenglamalari va issiqlik uzatish qonunlariga asoslangan hisobiy-tahliliy usullar qo‘llanildi. Issiqlik tashuvchining berish harorati hamda pol konstruksiyasi orqali uzatiladigan issiqlik oqimlari matematik model asosida hisoblandi. Hisoblashlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik, konvektiv va radiatsion issiqlik almashinuvi jarayonlari inobatga olindi. Natijalar Hisoblash natijalari issiqlik tashuvchining berish harorati ortishi bilan suvli issiq pol tizimi orqali uzatiladigan issiqlik oqimi deyarli chiziqli qonuniyat asosida oshishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, past haroratli ish rejimlarida ham talab etilgan issiqlik quvvatiga yuqori energiya samaradorligi bilan erishish mumkinligi aniqlandi. Xulosa O‘tkazilgan hisobiy tahlillar suvli issiq pol tizimlarini past haroratli va energiya tejamkor isitish texnologiyasi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqladi. Taklif etilgan hisoblash usuli bunday tizimlarni loyihalash va optimal ish rejimlarini tanlashda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, energiya resurslarini tejash hamda binolarning energetik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.