INKLYUZIV TURIZM SOHASIDA XALQARO STANDARTLARNI MILLIY AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI
Annotatsiya
Maqolada inklyuziv turizm sohasidagi xalqaro standartlar va ularni Oʻzbekiston amaliyotiga joriy etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda BMTning Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CRPD), ISO 21902:2021 hamda UN Tourism tavsiyalari oʻrganilgan. Yevropa Ittifoqi, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasi qiyosiy tahlil asosida baholangan. Muallif tomonidan xalqaro standartlarni milliy amaliyotga moslashtirish mexanizmi, inklyuziv turizmni rivojlantirishning konseptual modeli, turizm obektlarini baholash indikatorlari tizimi va Inclusive Tourism Accessibility Index (ITAI) metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari milliy standartlar, texnik reglamentlar asosidagi amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.