HUDUDLARDA TURIZM INDUSTRIYASINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISHNING INTEGRALLASHGAN BAHOLASH METODIKASI: O'ZBEKISTON VA SAMARQAND TAJRIBASI
Annotatsiya
Maqolaning maqsadi O‘zbekiston hududlarida turizm industriyasini strategik rivojlantirishni baholash uchun integrallashgan metodik yondashuvni asoslash va uni Samarqand viloyati misolida sinovdan o‘tkazishdan iborat. Tadqiqotda rasmiy statistika, dissertatsion tahlil, ekspert baholash, normallashtirish, integral indekslash va ko‘p darajali strategik bog‘liqlikni aniqlash usullaridan foydalanildi. Muallif tomonidan taklif etilgan Turizm industriyasini strategik rivojlantirish indeksi (TSDI) resurs salohiyati, infratuzilma, institutsional muhit, raqamli transformatsiya va barqarorlik komponentlarini yagona baholash maydoniga birlashtiradi. Tourism Strategy Nexus (TSN) modeli esa global, milliy, hududiy, destinatsiya va korxona darajalaridagi strategiyalar o‘rtasidagi uzilish nuqtalarini aniqlashga xizmat qiladi. Natijalar O‘zbekiston bo‘yicha TSDI 0,571, Samarqand viloyati bo‘yicha 0,667, Samarqand shahri bo‘yicha 0,701 ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, Samarqandda resurs va infratuzilma salohiyati yuqori bo‘lsa-da, barqarorlik, raqamli sotuv va qiymat zanjiri integratsiyasini kuchaytirish strategik ustuvorlik bo‘lib qolmoqda.