TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI B2B BOZORIDA MARKETING KOMMUNIKATSIYA STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda toʻqimachilik mahsulotlari B2B bozorida qoʻllaniladiganmarketing kommunikatsiya strategiyalari tizimli ravishda oʻrganildi. Ishda toʻgʻridantoʻgʻri savdo, koʻrgazma-tadbirlar, raqamli kanallar, munosabatlarga asoslanganmarketing va integrlashgan marketing kommunikatsiyasi (IMC) modeli tasniflanib,ularning B2B xaridor xulq-atvori va qiymat zanjiri dinamikasiga taʼsir mexanizmlarianiqlab berildi. Nazariy yondashuv asosida toʻqimachilik sanoati uchunkommunikatsiya strategiyalari tanlov matrisasi ishlab chiqildi va Oʻzbekistontoʻqimachilik sanoati misolida izohlandi. Tadqiqot natijalari tarmoqda muvaffaqiyatliB2B kommunikatsiya strategiyasini shakllantirish uchun moslashuvchan va integrativyondashuvning zarurligini asoslab berdi.