OʻZBEKISTON TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI B2B BOZORI VA UNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari B2B bozorining tarkibiy tuzilishi, rivojlanish tendensiyalari va eksport salohiyati tahlil qilindi. Tadqiqotda tarmoqning xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot eksportigacha boʻlgan qiymat zanjiri oʻrganildi. Tahlil natijalari eksport hajmi, korxonalar soni va qayta ishlash darajasi barqaror oʻsganini koʻrsatdi. Raqamli transformatsiya, klaster integratsiyasi, ekologik sertifikatlash va mahsulot diversifikatsiyasi B2B munosabatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgani aniqlandi. Tayyor mahsulotlar ulushining ortishi qoʻshimcha qiymat yaratish imkoniyatlarini kengaytirgani baholandi. Tadqiqot natijalari toʻqimachilik sanoatining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga oid amaliy xulosalarni shakllantirdi.