HUDUDIY IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI SHAKLLARI VA MODELLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimda davlat-xususiy sheriklik shakllari va modellari nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kontrakt asosidagi sheriklik, infratuzilmaviy sheriklik, investitsion hamkorlik va aralash mulkchilik modellari xalqaro tajriba asosida oʻrganilgan. Tahlil natijalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va xizmatlar sifatini oshirishdagi ahamiyati aniqlangan. Konsessiya, BOT va lizing modellari hududiy iqtisodiy rivojlanishda samarali vosita sifatida baholangan. Tadqiqot Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional asoslari takomillashayotganini koʻrsatgan. Olingan natijalar hududiy iqtisodiy siyosatda investitsion faollikni oshirish va davlat resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilgan.