IQTISODIY O'SISH VA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA'MINLASHDA YASHIL FISKAL SIYOSATNI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiy oʻsish va ekologik barqarorlikni ta'minlashda yashil fiskalsiyosatni rivojlantirishning xalqaro tajribasi tahlil qilingan. Tadqiqotda davlatlar iqtisodiy rivojlanishdarajasiga koʻra rivojlangan (Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, AQSH) va rivojlanayotgan (Qozogʻiston)guruhlarga ajratilib, ularning uglerod soligʻi, emissiyalar savdosi tizimi, transport, plastik paket vapoligon soliqlari borasidagi tajribasi qiyoslangan. Tahlil natijalariga koʻra, yashil fiskal instrumentlarningsamaradorligi ularning turiga emas, balki soliq daromadlarini qayta yoʻnaltirish dizayni, institutsionaltayyorgarlik va iste'molchiga toʻgʻridan-toʻgʻri fiskal signal yetkazilishiga bogʻliq ekanligi aniqlandi. Maqolanatijalari Oʻzbekistonda yashil fiskal siyosat mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalarishlab chiqishga xizmat qiladi.