MINTAQANING BARQAROR IQTISODIY O‘SISHIDA INSON KAPITALIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada mintaqaning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda inson kapitalidan samarali foydalanishning zamonaviy tendensiyalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda inson kapitalining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, uning innovatsion iqtisodiyot sharoitidagi ahamiyati hamda hududlar raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, raqamlashtirish, ta’lim sifati, sog‘liqni saqlash tizimi, ilmiy salohiyat va mehnat bozori transformatsiyasi inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida baholangan. Maqolada rivojlangan davlatlar tajribasi asosida inson kapitalidan foydalanishning samarali mexanizmlari yoritilib, O‘zbekiston hududlari, xususan, mintaqalar iqtisodiyotida ushbu yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.