KICHIK BIZNES RAQOBATDOSHligini OSHIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Annotatsiya
Maqolada kichik biznes subyektlarining raqobatdoshligini oshirishda moliyaviy resurslardan (bank kreditlari va investitsiyalardan) samarali foydalanishning iqtisodiy-ekonometrik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2010–2024-yillar davriga oid yillik ma’lumotlar asosida logarifmik-chiziqli regressiya modeli qurildi. Natijalar moliyaviy resurslar hajmining kichik biznesda yaratiladigan yalpi qo‘shilgan qiymatga elastik (β ≈ 1,07) va statistik jihatdan yuqori darajada ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Resurslar tarkibida bank kreditlarining hissasi investitsiyalarga nisbatan ustun ekanligi aniqlandi. Maqola yakunida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.