Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SANOAT ZONASIDA ISHLOVCHI QALQONSIMON BEZ KASALLIGI BO‘LGAN AYOLLARDA HAYOT SIFATINI O‘RGANISH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqsad. Sanoat zonasida mehnat qiluvchi, reproduktiv yoshdagi va qalqonsimon bez kasalligi boʻlgan ayollarda hayot sifati (HS) koʻrsatkichlarini tireotrop gormon (TTG) darajasiga bogʻliq holda baholash. Materiallar va usullar. Koʻndalang kesimli tadqiqotga Andijon viloyati «Asaka» ishlab chiqarish korxonasida ishlovchi 18–50 yoshli 82 nafar ayol kiritildi. Ular TTG darajasiga koʻra uch guruhga ajratildi: nazorat (TTG <4,0 mME/l, n=21), subklinik gipotireoz — SG (TTG 4,0–9,9 mME/l, erkin T4 meʼyorda, n=32) va manifest gipotireoz — MG (TTG ≥10,0 mME/l, erkin T4 meʼyordan past, n=29). HS SF-36 soʻrovnomasi orqali baholandi. Natijalar. MG guruhida yuqori toliqish 86,2%, madorsizlik 79,3%, xafalik va xavotirlilik hissi 75,9% hollarda kuzatildi; SG guruhida mos ravishda 75,0%, 56,2% va 71,9%. Xotira va diqqatning susayishi boʻyicha guruhlar oʻrtasidagi farq statistik ahamiyatli boʻldi (72,4% va 40,6%; χ²=6,23; p=0,013). SF-36ning barcha shkalalari boʻyicha MG guruhi koʻrsatkichlari nazorat va SG guruhlariga nisbatan ahamiyatli past boʻldi (p<0,0001). TTG darajasi salomatlikning jismoniy komponenti bilan oʻrtacha kuchli manfiy bogʻlanishga ega boʻldi (r=–0,54; p=0,002). Xulosa. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi sanoat zonasida ishlovchi ayollarning hayot sifatiga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatadi; taʼsir kuchi TTG darajasining oshishi bilan ortib boradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba