Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YUPQA ENDOMETRIY: ETIOPATOGENEZ, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI (ADABIYOTLAR TAHLILI)

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Yupqa endometriy muammosi zamonaviy reproduktiv tibbiyotning kam oʻrganilgan va juda murakkab mavzularidan biridir. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YoRT) rivojlanganligiga qaramasdan implantatsiya buzilish holatlari va ekstrakorporal urugʻlantirish bilan bogʻliq boʻlgan muvaffaqiyatsizlik koʻp jihatdan endometriy yetishmovchiligi bilan bogʻliqdir. Soʻnggi yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda yupqa endometriy tufayli bepushtlik rivojlanish holatlari statistikasi 8-14% ni, implantatsiya samarasizligi bilan bogʻliq boʻlgan holatlar esa, 30% gachani tashkil etadi. YoRT qoʻllash davomida endometriy qalinligi 7 mm dan kam boʻlgan holatlar bemorlarning qariyb 10% gacha uchraydi. Ayrim adabiyotlar maʼlumotlariga koʻra, endometriy qalinligi 7 mm dan kam boʻlgan holatda homila tushishi holatlari xavfi kamida 2 baravar oshadi. Ushbu muammo borasida oʻtkazilgan koʻp sonli tadqiqotlarga qaramasdan bugungi kungacha ushbu patologiyani tashxislash, davolash haqidagi fikrlar bir emas, bu esa oʻz navbatida ushbu patologiyaning kliniko-morfologik va molekulyar mexanizmlarini oʻrganishni taqozo etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba