Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FARG'ONA VILOYATIDA MINTAQAVIY TURIZM SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI TAHLILI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda Farg‘ona viloyatining mintaqaviy turizm salohiyati, uning tabiiy, tarixiy-madaniy va hunarmandchilik resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda turizm rivojlanishini cheklayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2023-2025-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, turistik xizmatlar, joylashtirish vositalari va investitsiyalar dinamikasi ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijalari viloyatda turizm xizmatlari va investitsion faollikning o‘sish tendensiyasi mavjudligini, biroq infratuzilma, malakali kadrlar, marketing va brending, raqamlashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridagi muammolar salohiyatdan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilayotganini ko‘rsatadi. Shu asosda turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, hududiy turistik brendni kuchaytirish, raqamli marketing va smart turizm vositalarini kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida asoslanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba