Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH TIZIMIDA MOLIYAVIY RAZVEDKA MA’LUMOTINING MA’MURIY-HUQUQIY REJIMI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ilmiy maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JDL/TMQK) tizimida moliyaviy razvedka ma’lumotining kompleks ma’muriy-huquqiy rejimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ushbu ma’lumotlar rejimi bank siri, soliq siri, shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi, tezkor-qidiruv faoliyati hamda jinoyat-protsessual isbotlash normalari bilan uzviy bog‘lanishi, biroq uning ustuvor tashkiliy-preventiv asosi ma’muriy-huquqiy tabiatga ega ekani qonuniy va nazariy jihatdan asoslanadi. Maqolada shubhali operatsiya to‘g‘risidagi dastlabki xabar, davlat manbalari bilan boyitilgan moliyaviy razvedka ma’lumoti hamda yakuniy moliyaviy razvedka tahliliy mahsulotining har biri alohida huquqiy maqom va ahamiyatga ega ekani ko‘rsatib beriladi. Muallif moliyaviy razvedkaning tahliliy mahsuloti o‘z-o‘zidan jinoyat-protsessual dalil bo‘la olmasligi, u faqat vakolatli davlat organi tomonidan qonunda belgilangan tegishli protsessual shakllarda mustaqil baholanganidan va rasmiylashtirilganidan keyingina to‘liq daliliy ahamiyat kasb etishi mumkinligi haqidagi ilmiy xulosani ilgari suradi. Maqolada moliyaviy razvedka ma’lumotlarini saqlash, tuzatish, yo‘q qilish, maqsaddan tashqari foydalanishni cheklash hamda nazorat mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba