QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA URUG‘NI QOBIQLASH VA BARGDAN MIKROELEMENTLI OZIQLANTIRISHNING “JANUB GAVHARI” BAHORGI BUG‘DOY NAVI MAHSULDOR POYALARI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida bahorgi yumshoq bug‘doyning “Janub gavhari” navida urug‘larni bentonit asosida qobiqlash hamda vegetatsiya davrida bargdan mikroelementli suspenziyalar bilan oziqlantirishning boshoqlash ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Tajribada qo‘llanilgan oziqlantirish usullarining o‘simliklarning rivojlanish dinamikasi va boshoqlashga o‘tgan o‘simliklar soniga ta’siri baholangan. Natijalarga ko‘ra, urug‘larni qobiqlash va mikroelementli preparatlarni kompleks qo‘llash boshoqlash ko‘rsatkichlarini yaxshilagan. Eng yuqori natija Bentonit + Ento Micro qo‘llanilgan variantda kuzatilib, boshoqlashga o‘tgan o‘simliklar ulushi 90,3 % ni tashkil etgan va nazoratga nisbatan 18,7 foiz punktga yuqori bo‘lgan. Olingan natijalar bahorgi yumshoq bug‘doy yetishtirishda urug‘larga ekishdan oldin ishlov berish va bargdan mikroelementli oziqlantirish usullarini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan