Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI VA YAXLIT EKOTIZIM IMKONIYATLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada pedagoglarni kasbiy rivojlantirish tizimini raqamlashtirish tendensiyalari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti platformalari misolida tahlil qilingan. Mavjud platformalar uzluksiz kasbiy rivojlanish, metodik mahsulotlar sifati, akademik halollik, o‘quv adabiyotlari ekspertizasi, xalqaro baholash, ilmiy faoliyat va yordamchi xizmatlarni birlashtiruvchi yaxlit raqamli ekotizim sifatida ko‘rib chiqilgan. Ularning funksional yo‘nalishlari, o‘zaro integratsiyasi, ma’lumotlar almashinuvi hamda dalillarga asoslangan boshqaruvdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, interoperabellik, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, kiberxavfsizlik, raqamli inklyuziya va sun’iy intellekt vositalaridan shaffof foydalanish masalalari ochib berilgan. Natijada platformalarni pedagoglarning real kasbiy ehtiyojlari va faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lashga asoslangan yaxlit ekotizim yondashuvi taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba