AKRILAT ASOSIDAGI YELIMLAR VA SIANOAKRILATLARNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI HAMDA KRIMINALISTIK AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada akrilat asosidagi bosimga sezgir yelimlar hamda alkil-2-sianoakrilatlarning kimyoviy tuzilishi, polimerlanish mexanizmi va funksional xossalari qiyosiy tahlil qilindi. Akrilat yelimlarining kriminalistik obyekt — yopishqoq lenta, qadoqlash materiali yoki mikroiz tarkibidagi polimer qatlam sifatidagi ahamiyati, sianoakrilatning esa g‘ovaksiz yuzalardagi latent papillyar izlarni rivojlantiruvchi reagent sifatidagi vazifasi asoslandi. FTIR-spektroskopiya, optik mikroskopiya, SEM–EDS, fizik moslashtirish va maqsadga muvofiq ketma-ket tekshiruvlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, akrilat yelimining kolloid-kimyoviy ko‘rsatkichlari bilan uning kriminalistik farqlanuvchanligi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganishga qaratilgan tajriba konsepsiyasi taklif etildi. Tahlil natijasida mazkur materiallar umumiy akrilat kimyosiga mansub bo‘lsa-da, ularni aynanlashtirish mumkin emasligi: birinchisi odatda oldindan hosil qilingan kopolimer dispersiyasi, ikkinchisi esa namlik yoki nukleofil markazlar ta’sirida tez polimerlanuvchi monomer ekanligi ko‘rsatildi.
Hali tarjima qilinmagan