Oʻzbekistonda davlat qarz portfelini risk-diagnostika asosida boshqarish metodologiyasini takomillashtirish
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston davlat qarz portfelini risk-diagnostika asosida boshqarish metodologiyasini takomillashtirish masalasi tahlil qilindi. Tadqiqot 2020–2025-yillar yakuniy ko‘rsatkichlari va 2026-yil I choragi bo‘yicha rasmiy davlat qarzi ma’lumotlariga, shuningdek, O‘RQ–836-son Qonun, PF–21-son Farmon, 2026–2028-yillar uchun Fiskal strategiya va Davlat qarzini boshqarish strategiyasiga tayandi [1–4]. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qarz/YIM ko‘rsatkichi qonuniy limitlardan past bo‘lsa-da, portfel tarkibida valyuta xatari, o‘zgaruvchan foiz stavkali qarz ulushi va kelgusi 12 oyda so‘ndiriladigan majburiyatlar monitoringi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada fiskal qoidalar, MTDS, SRDSF, DeMPA, Debt Dashboard va “risk pasporti”ni birlashtiruvchi ixcham metodologik model taklif etildi.