JAMOAT TRANSPORTDA YO'LOVCHI TASHISHNI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Hozirgi kunda yirik shaharlarni samarali faoliyat yurituvchi jamoat yo‘lovchi transporti tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shahar yo‘lovchi transporti aholining harakatchanligini ta’minlash, iqtisodiy faollikni oshirish, transport tirbandliklarini kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy shahar transport tizimi avtobus, metro, tramvay, trolleybus va boshqa transport turlarini yagona logistika tamoyillari asosida o‘zaro integratsiyalashgan holda boshqarishni nazarda tutuvchi murakkab transport tizimi hisoblanadi. Mazkur tizimda yo‘nalishli jamoat transporti aholiga ommaviy va uzluksiz transport xizmatlarini ko‘rsatishda asosiy bo‘g‘inlardan biri sanaladi.