TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA DEPOZIT BAZASI YETARLILIGINI BAHOLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi resursbazasi va likvidlikning muhim komponenti sifatida baholanadi. 2021–2025-yillarda O‘zbekiston bank tizimidajami depozitlar hajmi 156,2 trln so‘mdan 417,3 trln so‘mgacha oshgan, jamg‘arma va muddatli depozitlarningjami depozitlardagi ulushi 55,7 foizdan 69,1 foizgacha, milliy valyutadagi depozitlar ulushi esa 61,2 foizdan 79,1foizgacha ko‘paygan. Shu bilan birga, kreditlarning depozitlarga nisbati (LDR) 209,0 foizdan 144,8 foizgachapasaygan bo‘lsa-da, 2025-yilda banklar kesimida ushbu ko‘rsatkich 64,1–241,5 foiz oralig‘ida shakllangan.Depozit bazasi yetarliligini baholashda nafaqat depozitlar hajmini, balki barqaror depozitlar ulushi, LDR, milliyvalyutadagi resurslar salmog‘i, likvidlikni qoplash koeffitsiyenti (LCR), sof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti(NSFR) hamda depozitlar konsentratsiyasi bilan bog‘liq risklarni qamrab oluvchi ko‘p o‘lchamli monitoringyondashuvi taklif etiladi.