Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BIOKO‘MIR VA AZOTLI O‘G‘ITLAR QO‘LLASHNING AMARANTNING VEGETATIV RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda amarantning Xarkovskiy-1 navining vegetativ rivojlanishiga azotli o‘g‘it me'yorlari va bodom po‘chog‘idan tayyorlangan bioko‘mirning ta'siri o‘rganildi. Vegetatsion tajriba 2026-yilda Jomboy tumanida, och tusli bo‘z tuproqda, 15 litr sig‘imli idishlarda olib borildi. Tajriba 10 variant va 4 qaytariqda, jami 40 ta tajriba birligida randomizatsiya usulida tashkil etildi. Kuzatuvlarda o‘simlik bo‘yi va barglar soni 26.06.2026–07.08.2026 kunlari qayd etildi. Vegetatsiya davomida o‘rtacha o‘simlik bo‘yi 29,62 sm dan 70,47 sm gacha oshdi. 07.08.2026-yildagi yakuniy hisobda eng yuqori bo‘y Fon+N150 (79,75 sm) va Fon+N200 (79,50 sm) variantlarida qayd etildi. Bioko‘mirning ta'siri azot me'yoriga bog‘liq bo‘lib, N250+10 t/ga bioko‘mir variantida o‘simlik bo‘yi N250 ga nisbatan 12,94%, barglar soni 24,62% yuqori bo‘ldi. Variantlar ta'siri o‘simlik bo‘yi bo‘yicha statistik jihatdan ishonchli bo‘ldi (F=2,954; P=0,0141).

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba