IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYAVIY QOʻLLABQUVVATLASHNING XORIJIY MODELLARI: QIYOSIY TAHLIL
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning xorijiy amaliyoti qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot uchun besh parametrdan iborat yagona analitik ramka ishlab chiqilgan: qoʻllab-quvvatlash huquqiy asosi, resurs manbai, yetkazish kanali, riskning taqsimlanishi va chiqish mexanizmi. Ushbu ramka asosida Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya va Qozogʻiston amaliyoti tahlil qilinib, moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning toʻrtta modeli ajratilgan: fiskal-subsidiya, bozor-vositachilik, institutsional-imtiyoz va aralash oʻtish modeli. Tadqiqotning asosiy natijasi sifatida modellar oʻrtasidagi “fiskal yuk — institutsional talab” almashuvi aniqlangan va uning asosida oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun vositalarni joriy etish ketma-ketligi asoslangan. Buyuk Britaniyaning ijtimoiy investitsiya soliq imtiyozi tajribasi misolida soliq ragʻbatlantirish vositasining oʻzi investitsion talabni yarata olmasligi koʻrsatilgan