Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AZIZIDDIN NASAFIYNING "USTOZ-SHOGIRD" VA TA'LIM-TARBIYAGA OID QARASHLARI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Yoshlarning odob-axloqi va madaniy saviyasini yuksaltirish shunchaki tarbiyaviy jarayon emas, balki milliy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlovchi strategik vazifa sifatida talqin etiladi. Yangi O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi “milliy qadriyatlarga sodiqlik va zamonaviy dunyoqarash” uyg‘unligida qurilmoqda. “Uchinchi Renessans” g‘oyasi yoshlardan nafaqat yuqori texnologik bilimlarni, balki kuchli ma’naviy poydevorni ham talab qiladi. Bu jarayonda Aziziddin Nasafiy kabi mutafakkirlarning “ma’rifatli komil shaxs” haqidagi g‘oya va qarashlari zamonaviy pedagogika bilan integratsiya qilinmoqda. Bunda ta’lim - shaxsning individual va ijtimoiy mas’uliyatini belgilovchi asosiy mezon sifatida ko‘riladi. Aziziddin Nasafiy ilmiy merosi “ma’rifatli komil shaxs” ma’naviy qiyofasini shakllantirishda nafaqat tasavvufiy, balki kuchli pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba