“REGENERATIV” QISHLOQ XO‘JALIGIDA O‘SIMLIKCHILIK VA CHORVACHILIK INTEGRATSIYASINING TASHKILIY-IQTISODIY SAMARADORLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada regenerativ qishloq xo‘jaligi sharoitida o‘simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarini integratsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligi tadqiq etilgan. O‘simlikchilik va chorvachilik o‘rtasidagi o‘zaro resurs almashinuvi, ishlab chiqarish chiqindilaridan qayta foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Integratsiyalashgan xo‘jalik yuritish modeli orqali yer, suv, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, mahsulot tannarxini pasaytirish, xo‘jalik daromadlarini diversifikatsiya qilish va iqtisodiy barqarorlikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari asoslangan. Shuningdek, regenerativ yondashuvning an’anaviy qishloq xo‘jaligi tizimiga nisbatan ekologik va iqtisodiy ustunliklari, xususan, organik moddalarning tabiiy aylanishini ta’minlash, tashqi resurslarga qaramlikni kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan.