RAQOBATLI NAV SINASH KO‘CHATZORIDA SOYANING NAV VA TIZMALARINI BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada 2022–2024 yillarda raqobatli nav sinash ko‘chatzorida o‘rganilgan soya nav va tizmalarining asosiy biometrik hamda hosil elementlarini shakllantirish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘rganilgan genotiplarda asosiy poya balandligi nav va tizmalarda 98,3–111,2 sm, birinchi dukkakning joylashish balandligi 10,2–12,7 sm, bir tup o‘simlikdagi dukkaklar soni 35,4–39,4 dona, bitta dukkakdagi don soni 2,1–2,2 dona, bir tup o‘simlikdagi umumiy don soni 75,1–86,7 dona va 1000 dona don vazni 150–160 g oralig‘ida bo‘lgan. Ko‘chatzorda Tizma-94 (Vodiy jilosi) bir tup o‘simlikdagi dukkaklar soni (39,4 dona) va umumiy don soni (86,7 dona) bo‘lib, eng yuqori natija ko‘rsatganligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.