Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MACROLOPHUS PYGMAEUSNI AGROBIOTSENOZDA OQQANOT ZARARKUNANDALARIGA QARSHI QO‘LLASH VA BIOLOGIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Macrolophus pygmaeus yirtqich entomofagini g‘o‘za agrobiotsenozida uchraydigan g‘o‘za oqqanoti (Bemisia tabaci Genn.) ga qarshi qo‘llashning biologik samaradorligi baholandi. Tadqiqotlar 2023-2025-yillarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarida olib borildi. Tajribalarda entomofag 0,5; 0,8 va 1,0 m² ga 1 imago me'yorlarida qo‘llanilib, natijalar amaliyotda keng foydalanilayotgan Chrysoperla carnea entomofagi bilan taqqoslandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1,0 m² ga 1 imago me'yorida qo‘llangan Macrolophus pygmaeus eng yuqori biologik samaradorlikni namoyon etib, tajribaning 11-kunida 71,6±1,2 % ni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich Chrysoperla carnea ning eng samarali variantidan 19,3 % yuqori bo‘ldi. Olingan natijalar ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Macrolophus pygmaeus avlodlari g‘o‘za agrobiotsenozida oqqanot zararkunandasiga qarshi samarali biologik himoya vositasi ekanligini tasdiqladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba