KORXONALARDA MEHNAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada kichik biznes korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishning innovatsion yondashuvlari o‘rganildi. Tizimli, qiyosiy, statistik va iqtisodiy tahlil asosida raqamlashtirish, texnologik yangilanish, xodimlar malakasi, mehnatni tashkil etish va motivatsiya omillari umumlashtirildi. O‘zbekistonda kichik biznesning 2021-2025-yillardagi bandlik, sanoat, eksport va yalpi ichki mahsulotdagi o‘rniga oid ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi. Mehnat unumdorligini ishlab chiqarish hajmi, bir xodimga tushum, ish vaqti va uskunalardan foydalanish orqali baholash taklif etildi. Resurslar, jarayonlar va natijalarni bog‘lovchi boshqaruv modeli ishlab chiqildi. Takroriy operatsiyalarni avtomatlashtirish, vaqt yo‘qotishlarini kamaytirish, kasbiy rivojlanish va natijaga asoslangan rag‘batlantirish yo‘nalishlari belgilandi. Tavsiyalar texnologik va tashkiliy o‘zgarishlarni inson salohiyati bilan uyg‘unlashtirishga hamda unumdorlikni moliyaviy natijalar bilan birgalikda muntazam baholashga qaratildi.