Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YARIM QURG‘OQCHIL TOG‘OLDI HUDUDLARIDA YERLARNI TIKLASH UCHUN YOMG‘IR SUVINI YIG‘ISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH: OQSUV HUDUDI MISOLIDA

Sirojiddin NizamovAziz NurbekovFOLUR loyihasi koordinatori, Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchisi
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Oqsuv qishlog‘i yaqinidagi 90,08 gektarlik tog‘oldi-adir hududida yomg‘ir suvini yig‘ish (RWH) tadbirlarining yerlarni tiklashdagi imkoniyatlari kompleks baholandi. Tadqiqot raqamli balandlik modeli (DEM), nishablik, yuzaki oqimning to‘planishi, drenaj tarmog‘i, ESA WorldCover 2021 yer qoplami ma’lumotlari, Sentinel-2 tasvirlari, yog‘ingarchilik ma’lumotlari hamda NDVI, NDMI va BSI spektral indekslarini birlashtirishga asoslandi. RWH hududining balandligi 1 364–1 655 m, o‘rtacha nishabligi 22,9% bo‘lib, maydonning katta qismi nishabli adir landshaftidan iborat. Yer qoplami tahlilida hududning 85,43% o‘t-o‘lan qoplami, 14,57% esa ekin maydonlari sifatida tasniflandi. Maksimal hisobiy suv yig‘ilish maydoni 28,25 ga, drenaj tarmog‘i uzunligi 7,82454 km va drenaj zichligi 8,69 km/km² ni tashkil etdi. 2023-yil mart–may davrida yog‘ingarchilik 64 mm, 2026-yilning shu davrida 292 mm bo‘lib, hisobiy potensial yuzaki oqim hajmi mos ravishda 18 135 m³ va 82 742 m³ deb baholandi. 2023–2026-yillarda NDMI oshgan piksellar ulushi taxminan 59,7%, BSI kamaygan piksellar 57,2%, NDVI oshgan piksellar 50,77% ni tashkil etdi. Natijalar RWH tadbirlari yuzaki oqimni boshqarish va landshaft tiklanishini qo‘llab-quvvatlash uchun istiqbolli ekanini ko‘rsatadi, biroq kuzatilgan ekologik o‘zgarishlarni faqat RWH ta’siri bilan izohlash mumkin emas. Yog‘ingarchilikning yillararo keskin farqi, fenologik omillar va RWH inshootlarining aniq fazoviy qatlamlari yetishmasligi sababli natijalar ehtiyotkorlik bilan talqin qilindi

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar