Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RAQOBATBARDOSHLIK NAZARIYALARINING RIVOJLANISHI VA ZAMONAVIY TALQINLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqobatbardoshlik nazariyalarining shakllanishi, evolyutsiyasi va zamonaviy talqinlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda klassik iqtisodiy maktab, tadbirkorlik, innovatsion rivojlanish, strategik yondashuv, resurs salohiyati, asosiy kompetensiyalar, dinamik qobiliyatlar, institutsional va raqamli yondashuvlar qiyosiy oʻrganildi. Nazariyalarning rivojlanish bosqichlari xronologik tizimlashtirilib, ularning raqobat ustunligini shakllantirishdagi oʻrni baholandi. Natijalar zamonaviy sharoitda xarajatlar, innovatsiyalar, ichki resurslar, institutsional muhit va raqamli yetuklikni kompleks uygʻunlashtirish zarurligini koʻrsatdi. Taklif etilgan integratsiyalashgan konseptual model korxona raqobatbardoshligini majmuaviy baholash va boshqarish uchun nazariy-uslubiy asos yaratdi, shuningdek, nazariy yondashuvlarning kuchli va cheklangan jihatlarini bir tizimda solishtirish imkonini berdi. Model raqobat ustunligini shakllantiruvchi anʼanaviy va zamonaviy determinantlarning oʻzaro taʼsirini izchil talqin qilishga xizmat qildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba