TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI BANK MOLIYALASHTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI VA ULARNING SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada tadbirkorlik subyektlarini bank orqali moliyalashtirishning iqtisodiy mexanizmlari va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari tadqiq etilgan. Bank kreditlari, lizing, faktoring, kredit liniyalari va raqamli kreditlashning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati yoritildi. 2020-2024-yillardagi kreditlash hajmi, kredit qaytuvchanligi, muammoli kreditlar ulushi, kredit portfeli rentabelligi va yaratilgan ish o‘rinlari dinamikasi tahlil qilingan. Moliyalashtirish samaradorligini kompleks baholash uchun integral indeks shakllantirildi. Korrelyatsion-regression tahlil orqali moliyalashtirish va tadbirkorlik faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik baholandi. Trend modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Olingan natijalar asosida kreditlashni raqamlashtirish, kredit risklarini boshqarish va muqobil moliyaviy instrumentlardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.