PISA KO'RSATKICHLARINI YAXSHILASHDA O'QITUVCHILARNING FUQAROLIK VA RAQAMLI SAVODXONLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturi ko'rsatkichlarini yaxshilashning ijtimoiy-falsafiy asoslari kompleks ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda o'qituvchilarning fuqarolik va raqamli savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi ta'lim tizimining markaziy vazifalaridan biri ekanligi asoslab beriladi. Yu.Xabermasning kommunikativ harakat nazariyasi, M.Kastelsning tarmoq jamiyati kontseptsiyasi va P.Bourdieuning ijtimoiy kapital g'oyalariga tayangan holda, raqamli jamiyat sharoitida o'qituvchining yangi ijtimoiy mas'uliyati, kompetentlik tuzilmasi va PISA natijalari bilan o'zaro bog'liqligi yoritiladi. Muallif Yevropa demokratik madaniyat kompetensiyalari modeli (RFCDC) va DigCompEdu doiraviy modelini O'zbekiston ta'lim tizimiga moslashtirish bo'yicha amaliy takliflar bildiradi. Maqolada PISA-2022 natijalari va O'zbekiston ta'lim siyosatining ustuvor yo'nalishlari taqqoslama tahlil qilinadi.
Hali tarjima qilinmagan