SUG‘URTA TASHKILOTLARI DAROMADLARINI HISOBGA OLISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot sug‘urta tashkilotlarida daromadlarni hisobga olishning ustuvor yo‘nalishlarini, ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish mexanizmlarini hamda zamonaviy buxgalteriya standartlari asosida e’tirof etish tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda sug‘urta mukofotlari, investitsion faoliyatdan olingan daromadlar va qayta sug‘urtalash operatsiyalaridan tushumlarni hisobga olishning o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Shuningdek, daromadlarni to‘g‘ri tasniflash, risklarni baholash, majburiyatlarni diskontlash hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish jarayonlarining ahamiyati asoslab berilgan. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, xususan IFRS 17 talablari asosida sug‘urta shartnomalari bo‘yicha daromadlarni tan olishning yangi konseptual yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot yakunida sug‘urta tashkilotlarida daromadlarni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shaffoflikni kuchaytirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan