Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

JAMOAT TRANSPORTIDA RAQAMLI MARKETING VOSITALARINING YOʻLOVCHILAR JALB QILISH VA SADOQATIGA TAʼSIRINI BAHOLASH

Temur BerdiyorovJizzax politexnika instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. PhD
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada jamoat transportida raqamli marketing vositalarining yoʻlovchilarni jalb qilish va sadoqatini shakllantirishga taʼsirini baholash yondashuvi nazariy jihatdan ishlab chiqildi. Ilmiy adabiyotlar, meʼyoriy hujjatlar va statistik maʼlumotlar asosida mobil ilovalar, real vaqt axboroti hamda ijtimoiy tarmoqlarning vazifalari tizimlashtirildi. Ushbu vositalarni foydalanish qulayligi, axborot aniqligi va muloqot faolligi orqali yakuniy natijalar bilan bogʻlovchi konseptual model taklif etildi. Baholash uchun faol foydalanuvchilar ulushi, bashorat aniqligi, javob berish muddati va takroriy foydalanish chastotasi kabi koʻrsatkichlar tanlandi. Marshrutlar hamda davrlar boʻyicha qiyoslashda nisbiy koʻrsatkichlardan foydalanish yondashuvi bayon qilindi. Axborot ishonchliligi va maʼlumotlar shaffofligining ahamiyati yoritilib, transport korxonalarida marketing qarorlarini asoslashga qaratilgan amaliy va uslubiy takliflar shakllantirildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba