Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

PISA NATIJALARINING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI

Bektashev Baxromjon BaxtiyorovichAndijon davlat pedagogika instituti
2026ru
ABI

Annotatsiya

Maqolada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD/IHTT) tomonidan har uch yilda oʻtkaziladigan PISA (Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil etilgan. Tadqiqotda PISA natijalari nafaqat ta’limning sifati koʻrsatkichi, balki globallashuv sharoitida bilim, inson kapitali va ratsionallikning yangi falsafiy paradigmasi sifatida qaraladi. Oʻzbekistonning 2022-yilgi PISA tadqiqotidagi ishtiroki misolida postsovet ta’lim tizimi va xalqaro standartlar oʻrtasidagi qadriyat ziddiyatlari, hamda “PISA-mafkurasi” ning ijtimoiy oqibatlari koʻrib chiqilgan. Mualliflik pozitsiyasi sifatida PISA natijalarini tanqidiy-falsafiy aks ettirish va milliy ta’lim qadriyatlari bilan uygʻunlashtirish zarurati asoslab berilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba