TIBBIYOT XODIMLARI ORASIDA ORTIQCHA VAZN VA SEMIZLIK TARQALISHINI OLDINI OLISHNING DOLZARB JIHATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot xodimlari orasida ortiqcha vazn va semizlikning tarqalishi hamda ushbu holatga olib keluvchi asosiy xavf omillari tahlil qilindi. Tadqiqotda shifokorlar, hamshiralar va o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok etib, antropometrik ko‘rsatkichlar asosida tana vazni indeksi baholandi. Shuningdek, respondentlarning ovqatlanish rejimi, jismoniy faollik darajasi, ish smenalari, tungi navbatchiliklar, stress va uyqu davomiyligi so‘rovnoma orqali o‘rganildi. Olingan natijalar tibbiyot xodimlarining sezilarli qismida tana vazni me’yoridan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Ortiqcha vazn va semizlik rivojlanishida surunkali stress, jismoniy faollikning yetishmasligi va noto‘g‘ri ovqatlanish yetakchi omillar sifatida aniqlandi. Tadqiqot natijalari tibbiyot xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kompleks profilaktik chora-tadbirlarni joriy etish zarurligini asoslaydi.
Hali tarjima qilinmagan