AGRAR SOHADA YER TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIK IJROSI USTIDAN PROKUROR NAZORATINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Annotatsiya
Maqolada agrar sohada yer toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratining maqsadi va vazifalari mustaqil, ammo oʻzaro bogʻliq nazariy-huquqiy kategoriyalar sifatida tadqiq etilgan. Milliy va xorijiy olimlarning qonuniylikni taʼminlash, qishloq xoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, yerga oid huquqlar hamda davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga oid qarashlari qiyosiy-huquqiy va doktrinal usullar asosida tahlil qilingan. Maqsad nazorat natijasida qaror topishi lozim boʻlgan umumiy huquqiy holat, vazifalar esa shu maqsadga erishishni taʼminlaydigan nisbatan barqaror huquqiy yoʻnalishlar sifatida asoslangan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonun va yer nazorati sohasidagi maxsus qonunchilik hujjatlari asosida prokuror nazorati maqsad va vazifalarining normativ modeli ochib berilgan hamda umumiy, sohaviy maxsus va individual vazifalarning uch darajali tizimi taklif etilgan.