BAHORGI BUGʻDOY NAVLARINING EKISH MUDDATLARI VA MINERAL OʻGʻIT BERISH ME’YORILARINING OʻSIMLIKLARNING FENOLOGIK FAZALARIDAN OʻTISHIGA TA’SIRI
Annotatsiya
Qoraqalpogʻiston Respublikasining keskin kontinental iqlimi, bahorning qisqaligi, yozning erta va issiq kelishi hamda tuproqlarning oʻtloqi-allyuvial va shoʻrlanganlik xususiyatlari bahorgi bugʻdoy rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Bahorgi bugʻdoy navlarida ekish muddatlari va mineral oʻgʻitlash meʼyorlari oʻsimlikning rivojlanish davrlarini tezlashtirish yoki sekinlashtirishi mumkin. Toʻgʻri tanlangan ekish muddati va mineral oʻgitlar me’yori, boshqa agrotexnologik tadbirlar hosildorlikni va don sifatini oshiradi. Don urugʻlari turli haroratda oʻnib chiqadi. Bugʻdoy, javdar, arpa, suli ekinlari donining oʻnib chiqishi uchun harorat 1-2 oC, maysalanishi uchun kamida 4-5 oC, boʻlishi kerak. II gurux don ekinlari uchun bundan yuqori harorat talab qilinadi.
Hali tarjima qilinmagan