Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KORXONA RAQOBATBARDOSHLIGINI ANIQLASHDA NAZARIYMETODOLOGIK YONDASHUVLAR

Kamoliddin SirojiddinovNamangan davlat universiteti Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi ,
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona raqobatbardoshligini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy-metodologik masalalari tadqiq etilgan. Bozorlar globallashuvi, raqobatning kuchayishi, texnologik o‘zgarishlarning jadallashuvi va iste’molchilar talablarining diversifikatsiyalashuvi korxonalardan raqobat ustunliklarini shakllantirishning samarali mexanizmlarini talab qilmoqda. Tadqiqotda “raqobatbardoshlik”, “mahsulot raqobatbardoshligi”, “korxona raqobatbardoshligi” va “raqobat ustunligi” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni tahlil qilingan. Resursli, pozitsion, jarayonli, strategik va dinamik yondashuvlarning asosiy jihatlari umumlashtirilgan. Korxona raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar mahsulot, moliyaviy, ishlab chiqarish, tashkiliy, kadrlar, innovatsion, investitsion, logistika, marketing va tashqi muhit omillariga tasniflangan. Raqobatbardoshlikni operativ, taktik va strategik darajalarda boshqarish zarurligi asoslangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi resurslar, biznes-jarayonlar, raqobat ustunliklari, iste’molchi qiymati, iqtisodiy natija va korxona qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi integratsiyalashgan modelni ishlab chiqishdan iborat. Taklif etilgan yondashuv korxona raqobatbardoshligini qisqa muddatli moliyaviy natijalar bilan bir qatorda uzoq muddatli barqarorlik, innovatsion rivojlanish va qiymat yaratish nuqtayi nazaridan baholash imkonini beradi. Shuningdek, taklif etilgan model korxona rahbariyati va tegishli davlat boshqaruvi organlari uchun raqobatbardoshlikni monitoring qilish va rag‘batlantirish siyosatini ishlab chiqishda amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba