Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KUTUBXONA VA ARXIV FAOLIYATI BO‘YICHA ILMIY LABORATORIYALAR OLIY MALAKALI KADRLAR TAYYORLASHNING MUHIM ASOSI SIFATIDA

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ilmiy laboratoriyalarning kadrlar tayyorlash, ayniqsa oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limi sohasidagi ahamiyati juda katta. Axborot texnologiyalari va ma’lumotlar hajmining ko‘payishi davrida zarur axborot resurslarini yaratish usullarini tadqiq qilish, AI yordamida ma’lumotlarni qidirish samaradorligini oshirishga imkon beradigan ilmiy va o‘quv laboratoriyalariga alohida ahamiyat beriladi. Ushbu maqolaning maqsadi kutubxona va arxiv faoliyati sohasidagi ilmiy va o‘quv laboratoriyalarining ahamiyati va faoliyati, ularning funksional imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida ma’lumot berishdir. Bular Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasida ochilgan ushbu faoliyat sohalari bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi laboratoriyalardir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba