REGENERATIV QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-ILMIY ASOSLARI VA XORIJIY TAJRIBALAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada regenerativ qishloq xо‘jaligining nazariy-ilmiy asoslari, shakllanish evolyusiyasi va xorijiy tajribasi tizimli tahlil qilingan. Tahlil natijalari nol va minimal ishlov berish, qoplovchi ekinlar, almashlab ekish, organik dehqonchilik, regenerativ chorvachilik, boshqariladigan yaylovlar va agroо‘rmonchilik kabi amaliyotlarni kompleks qо‘llash tuproqning organik moddalarini tiklash, biologik xilma-xillikni saqlash, resurs va ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish hamda agroekotizimlarning barqarorligini oshirishga xizmat qilishini kо‘rsatdi. Xorijiy tajriba asosida regenerativ qishloq xо‘jaligi barqaror agrar rivojlanishning integratsiyalashgan ekologik-iqtisodiy modeli sifatida asoslangan.