O‘QITUVCHILARDA STRATEGIK PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda strategik pedagogik tafakkurni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Strategik pedagogik tafakkur tushunchasining mazmun-mohiyati, uning pedagogik tafakkur, kasbiy tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkur bilan o‘zaro aloqadorligi tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining strategik pedagogik tafakkurini rivojlantirishning kognitiv-tahliliy, prognostik, maqsadli-strategik, kreativ-variativ, refleksiv-baholovchi hamda faoliyat-amaliy komponentlari asoslangan. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, refleksiv va prognostik yondashuvlarning mazkur jarayondagi imkoniyatlari ochib berilgan. Musiqa ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari asosida strategik pedagogik tafakkurni shakllantirishning metodik shartlari taklif etilgan. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik jarayonlarni uzoq muddatli rejalashtirish, dars jarayonidagi kutilmagan qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilish va ularga nisbatan muqobil san’atkorona yechimlar topish qobiliyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan xulosa va amaliy takliflardan oliy pedagogik ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini takomillashtirishda hamda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan maxsus kurslarni tashkil etishda foydalanish mumkin.
Hali tarjima qilinmagan