AUTIZM SPEKTRIDA BUZILISHI BO'LGAN BOLALARNI KORREKSION-PEDAGOGIK QO'LLAB-QUVVATLASHNING USTUVOR YO'NALISHLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada autizm spektrida buzilishi (ASB) bo'lgan bolalarni rivojlantirish, ularning ta'lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini ta'minlash hamda ijtimoiy muhitga moslashuvini qo'llab-quvvatlashda korreksion-pedagogik yordamning ahamiyati yoritilgan. ASB bo'lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari turlicha namoyon bo'lishi sababli korreksion ishlarni yagona metod asosida tashkil etish yetarli emas. Shu nuqtayi nazardan, maqolada individual yondashuv, ijtimoiy-kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish, emotsional sohani rivojlantirish, xulq-atvorni tartibga solish, sensor va predmetli faoliyatni takomillashtirish, nutqiy muloqotni rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy ko'nikmalarni shakllantirish kabi yo'nalishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, korreksion-pedagogik jarayonda oila, pedagog va boshqa mutaxassislarning hamkorligi muhim shart sifatida ko'rib chiqiladi.
Hali tarjima qilinmagan