TURLI DEHNEN TIPIDAGI QORONG'U MODDA HALOSIDAGI QORA O'RA ATROFIDA AKKRETSION DISKNING NURLANISH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu ishda Dehnen tipidagi qorong'u modda halosi bilan o'ralgan qora o'ra atrofidagi akkretsion diskning nurlanish xususiyatlari o'rganiladi. Novikov–Torn yupqa disk modeli yordamida eng ichki barqaror aylana orbita radiusi, energiya oqimi, harorat va radiatsion samaradorlik tahlil qilinadi. Haloning γ parametrining beshta qiymati uchun natijalar Shvarsshild holati bilan taqqoslanadi. Tanlangan parametrlar doirasida radiatsion samaradorlik 9,469 foizgacha yetadi, energiya oqimi va harorat maksimumlari esa γ ga nomonoton bog'lanadi. Foton trayektoriyalarini teskari kuzatish usuli bilan olingan tasvirlar yordamida qorong'u modda profilining disk ko'rinishiga ta'siri ko'rsatiladi.
Hali tarjima qilinmagan