O'ZBEKISTONDA LOYIHALARNI ISLOMIY MOLIYALASHTIRISHDA INSTRUMENT TANLASHNING INTEGRATSIYALASHGAN METODIK YONDASHUVI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotning maqsadi O'zbekistonda investitsiya loyihalarini islomiy moliya tamoyillari asosida moliyalashtirish instrumentlarini tanlashning integratsiyalashgan metodik yondashuvini ilmiy asoslashdan iborat. Maqsadga erishish uchun tizimli yondashuv, qiyosiy-institutsional tahlil, statistik tahlil hamda loyiha xususiyatlari bilan instrumentlarni moslashtirish matritsasi usullari qo'llanildi. Tadqiqot natijasida loyihaning hayotiy sikli, aktivlar tarkibi va risk profiliga ko'ra mushoraka, mudoraba, istisno, ijara, murobaha va sukukni tanlashning besh bosqichli metodikasi hamda islomiy banklar, sukuk bozori va maxsus loyiha kompaniyalarini birlashtiruvchi institutsional model taklif etildi.
Hali tarjima qilinmagan