LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA ISLOMIY VA AN'ANAVIY YONDASHUVLARNING QIYOSIY TAHLILI: SUKUK VA ISLOMIY INSTITUTSIONAL INVESTORLAR IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotning maqsadi loyihalarni moliyalashtirishda islomiy va an'anaviy moliyalashtirishning farqli jihatlarini aniqlash hamda O'zbekistonda islomiy institutsional investorlar resurslarini sukuk orqali jalb qilish yo'nalishlarini asoslashdan iborat. Maqsadga erishish uchun tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, institutsional tahlil, tipologik guruhlash, statistik ma'lumotlarni umumlashtirish usullari qo'llanildi. Natijada sukuk aksiya va obligatsiya xususiyatlarini birlashtiruvchi, real aktivga egalik va risk taqsimotiga asoslangan gibrid instrument ekani, uning loyihalarni moliyalashtirishdagi afzalligi aktivga bog'liqlik va investorlar bazasining kengligida ekani aniqlandi. O'zbekistonda islomiy bank faoliyati to'g'risidagi qonun qabul qilingan sharoitda sukuk turini loyiha aktivi va pul oqimi xususiyatiga ko'ra tanlash mezonlari hamda islomiy institutsional investorlarni loyihalarga jalb qilishning ustuvor yo'nalishlari taklif etildi.
Hali tarjima qilinmagan