Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

“DEVONU LUGʻATIT TURK” DA IFODALANGAN TIL KONSEPTINING LINGVOKOGNITIV TADQIQI

2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk” asari misolida “til” konseptining lisoniy ifodalanish xususiyatlari kognitiv-lingvokulturologik yondashuv va yadro-periferiya modeli asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot manbai sifatida asarning toʻliq oʻzbekcha tarjima matni tanlab olindi va undan “til” leksemasi hamda uning hosilalari ishtirok etgan barcha birliklar tanlab olinib, tizimli tahlil qilindi. Konseptning nominativ maydoni klassik uch qatlamli, ya'ni yadro, yaqin periferiya va uzoq periferiya modeliga koʻra tuzildi, bunda “nutq aʼzosi” maʼnosi yadroni, “soʻz/nutq” va “xalq tili” maʼnolari yaqin periferiyani, “josus” maʼnosi esa uzoq periferiyani tashkil etishi asoslab berildi. Tadqiqotda oʻzbek, turk hamda jahon tilshunosligi manbalari tahlil qilinib, ular natijalarni izohlashda oʻzaro qiyoslandi. Natijada “til” konsepti nafaqat lugʻatning bitta maqolasi, balki butun DLT asarining yaratilish gʻoyasini belgilovchi markaziy tushuncha ekanligi, shuningdek, uning kuchli aksiologik va etnolingvistik yukka ega ekanligini koʻrsatib berishga harakat qilindi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba